Buxoro shahar Sherbudin ko'chasi 41-uy
CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI
"BUXORO VILOYATI TOZA HUDUD" DAVLAT MUASSASASI
Buxoro shahar Sherbudin ko'chasi 41-uy
Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligida Xitoy Xalq Respublikasining “Shanghai SUS” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda agentlik direktori Sharifbek Hasanov va tashabbuskor kompaniya raisi va bosh direktori doktor Long Jisheng boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etdi.
Jarayonda chiqindi yoqish zavodlarida borayotgan qurilish jarayonlariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida chiqindilarni qayta yuklash punktlarini barpo etish masalalari muhokama qilindi. Kompaniya tomonidan mazkur loyihalarni amalga oshirishda yuqori qiziqish bildirilib, investitsiya kiritish tashabbusi ilgari surildi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi tashabbuslar respublikada chiqindilarni samarali boshqarish barobarida ekologik barqarorlikni taʼminlash va sirkulyar iqtisodiyot tamoyillarini rivojlantirishda muhim sanaladi.